Ispaniya chempionati. Uchta gol ham “Sevilya”ni mag'lubiyatdan qutqara olmadi

7 yanv 2018, 02:49
Ispaniya chempionatining 18-turida “Sevilya” o'z maydonida “Betis”ni qabul qildi.

Gollarga boy bo'lgan o'yinda muxlislar naqd sakkizta golga guvoh bo'lishdi. “Sevilya” futbolchilari raqiblari darvozasiga uchta gol urishlariga qaramay, o'z darvozalaridan beshta to'p o'tkazib yuborishdi. 

Natijada La Ligada ketma-ket to'rtta o'yindan buyon g'alaba nimaligini bilmay kelayotgan “Sevilya” 29 ochko bilan turnir jadvalining beshinchi pog'onasida bormoqda. “Betis” esa 24 ochko bilan sakkizinchi pog'onadan joy oldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia