Ispaniya chempionati. “Atletiko” o'z uyida g'alabani saqlab qola olmadi

20 yanv 2018, 22:58
Ispaniya chempionatining 20-turida “Atletiko” o'z maydonida “Jirona” qarshiligini engga olmadi.

Uchrashuvning 34-daqiqasida Diego Kostaning aniq to'p uzatishini Antuan Grizmann golga aylantirib, o'yinda hisobni ochgandi. Ammo mehmonlar 73-daqiqada Kristian Portugesning golidan keyin Madriddan bir ochko bilan qaytadigan bo'lishdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia