
LaLiga prezidenti Xaver tebasning so'zlariga ko'ra, Abu-Dabi investorlari tomonidan moliyalashtirilayotgan "Manchester Siti" va Qatardan moliyaviy yordam olayotgan PSJ davlat yordamida foyda qilmoqda. Uning fikricha, bu ikki klub futbol sanoatiga to'g'irlab bo'lmas ziyon keltirmoqda.
Oldinroq, Yevropa futbol ittifoqi rahbariyati PSJga nisbatan tekshiruv ishlari boshlangani haqida ma'lum qilgan edi.