Isko A Seriyadan taklifni rad etdi

Alisher
3 iyun 2022
Isko "Real"dan ketganidan so'ng "Roma" va "Milan"ning taklifini rad etdi.

Yarim himoyachi bundan buyog'iga ham Ispaniyada o'ynashda davom etmoqchi.

30 yoshli futbolchining "galaktikos" bilan kelishuvi 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. Isko "Real"ga 2013 yilda "Malaga"dan o'tgan edi.

Yarim himoyachi Madrid klubi tarkibida 353ta o'yinda maydonga tushib, 53ta gol va 56ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: footballhd.ru