"Inter" Smollingga qiziqmoqda. MYU himoyachi uchun 20 mln evro xohlamoqda

Alisher
17 sen 2020, 17:22
"Manchester Yunayted" himoyachisi Kris Smolling klubdan ketishi mumkin.

30 yoshli angliyalik futbolchini "Roma" xarid qilmoqchi edi, ammo rimliklarning taklifi manchesterliklarni qoniqtirmadi. Angliya klubi Smollingni 20 mln evroga baholamoqda.

Endi himoyachiga "Inter" qiziqmoqda. "Neradzurrilar" Aleksis Sanches va Romelu Lukakudan so'ng "Yunayted" bilan yaxshi aloqalarni saqlab qolishgan va bu ham yordam berishi mumkin.

Futbolchi 2019/20 yilgi mavsumni "Roma"da ijarada o'tkazdi va Smolling A Seriya doirasidagi 30ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: calciomercato.it