"Inter" o'yinchilari Lautaroni APLga emas, "Barsa" yo'l oladi deb hisoblashmoqda

Alisher
14 apr 2020, 12:20
"Inter" o'yinchilari hujumchi Lautaro Martinesni "Barselona"ga o'tadi deya hisoblashmoqda.

Qayd etish kerakki, "Manchester Yunayted" qishki transferlar oynasida Lautaroni kuzatdi, ammo 95 million funtlik talabdan so'ng ingliz klubi boshqa variantlarni ko'rishga majbur bo'ldi.

"Manchester Siti" ham argentinalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda, ammo uning sheriklarni Lautaroni "Barsa"ga yo'l olishini taxmin qilishmoqda.

Lautaro joriy mavsum "Inter" libosida A Seriyada 22ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Telegraph