"Inter" - "Napoli" o'yinidan keyin janjal, urush, vafot

Aslanov Jasurbek
27 dek 2018, 16:28
A Seriyaning 18-turi doirasidagi o'yindan keyin "Napoli" muxlislari o'tirgan furgon "Inter" muxlisini urib ketdi.

Avtomobil yo'lida "Napoli" muxlislari o'tirgan furgon "Inter" muxlislari o'tirgan mashina yo'lini to'sishgan va o'sha yerda janjal boshlanib ketgan. Oqibatda "Napoli"ning 4 muxlisi oyog'idan jiddiy jarohat olgan.

Furgonning xaydovchisi esa voqea joyidan qochayotganida "Inter"ning 35 yoshli muxlisini urib yuborgan. Uni shifoxonaga olib borishgan va jarrohlik amaliyotini o'tkazishgan. Biroq u o'sha yerda vafot etgan.

"Inter" kecha "Napoli"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia