"Inter Mayami" "Atletiko" futbolchisini sotib oladi

Mirjalol Normatov
10 iyul 2025, 01:58
"Atletiko" futbolchisi Rodrigo De Paul "Inter Mayami"ga o'tishga yaqin turibdi.

Klublar muzokaralar davomida "oldinga siljigan". Katta ehtimol bilan AQSH klubi futbolchining 15 million evrolik tovon pulining bir qismini to'lab beradi. "Atletiko"dagilar ham amerikaliklarning taklifiga ijobiy javob bergan.

De Paul 2021/22 yilgi mavsumdan buyon "Atletiko"da o'ynamoqda. O'tgan mavsumda u LaLiganing 34 o'yinida 3 gol va 5 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal