"Inter" Lukakuga yana ikki o'rinbosar topib qo'ydi

Sherzod Nurmatov
5 avg 2021, 20:30
Milanning "Inter" klubi Romelu Lukakuning "Chelsi"ga qaytish ishtiyoqi tufayli yangi hujumchi qidirishni boshlab yubordi.

Xabarlarga ko'ra, "neradzurrilar" short-listiga yana ikki forvard qo'shildi – bular Dushan Vlaxovich ("Fiorentina") va Edin Jeko ("Roma").

Serbiyalik Vlaxovichning narxi 40 million evroga, bosniyalik Jeko esa 4 million evroga baholanmoqda.  

Oldinroq "Inter" "Atalanta" a'zosi Duvan Sapataga qiziqayotgani xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato