Incheon 2014. Yunon-rum kurashi. Yana bitta kumush...

Aziz Tukhtamuradov
30 sen 2014, 16:04
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida davom etayotgan 17-Osiyo o'yinlarining yunon-rum kurash bahslarida navbatdagi g'olib va sovrindorlar nomi ma'lum bo'lmoqda.

71 kg. vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Dilshodjon Turdiev finalda Janubiy koreyalik raqibi Jun Jixunga 0:4 xisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi va delegaciyamiz hisobiga yana bitta kumush medalni qo'shib qo'ydi.

Eslatib o'tamiz, Dilshodjon Turdiev finalgacha turkmanistonlik Shermat Permanovni 4:0 hamda yaponiyalik Fujimura Cutomuni 4:0 hisoblarida mag'lubiyatga uchratgandi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com