Incheon 2014. Taekvondochilarimizdan bitta oltin va bitta kumush!

Aziz Tukhtamuradov
30 sen 2014, 15:47
Janubiy Koreyaning Incheon shahrida o'tayotgan 17-Osiyo o'yinlarining taekvondo bo'yicha musobaqalar davom etmoqda.

87 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafaini himoya qilayotgan sportchimiz Jasur Boyqo'ziev finalda g'alaba qozonib, Osiyo o'yinlari g'olibiga aylandi. U finalda Janubiy Koreya vakili Shin Yeong Raega qarshi tatamiga chiqdi va 7:5 hisobida g'alaba qozondi.

Jasur 1/8 finalda eronlik Yusuf Karamiga qarshi kechgan keskin bahsda 5:4 hisobida zafar quchgandi. Chorak finalda iordaniyalik Muhammad Al Shojahey taslim etilgandi - 6:0. Yarim finalda esa Janubiy Koreya vakili Shin Yeong Raega qarshi tatamiga chiqdi va 7:5 hisobida g'alaba qozondi.

Shuningdek, 74 kilogramm vazn toifasida yurtimiz sharafaini himoya qilayotgan sportchimiz Nikita Rafalovich finalda eronlik Masud Xajizavarehga qarshi tatamiga tushdi. Afsuski bahsda raqib 3:2 hisobida zafar quchdi. Shunday qilib, Nikita O'zbekiston hisobiga kumush medalini qo'shib qo'ydi.

Bungacha u 1/8 finalda afg'onistonlik Dav Roogxbik Zabihullohni 4:1, chorak finalda tailandlik taekvondochi Ila On Pirxatxeplarni 13:1, yarim finalda esa Janubiy Koreya vakili Song Yong Geongni 12:2 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.



Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: olamsport.com