Ikrom Aliboev uzoq muddatga safdan chiqdi

Narzulla Saydullayev
5 noya 2017, 12:04
"Lokomotiv" jamoasining mahoratli yarim himoyachisi Ikrom Aliboev navbatdagi uchrashuvlarni o'tkazib yuboradi.

Boisi 23 yoshli futbolchi "Neftchi" jamoasiga qarshi o'yinga tayyorgarlik doirasida kechgan mashg'ulot payti kutilmaganda jarohat oldi. Unga shifokorlar o'ng oyoq son mushagining yirtilishi tashxisi qo'yishdi.

Shuning uchun Aliboev yaqin vaqt ichidagi uchrashuvlarda "Lokomotiv"ga yordam bera olmaydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz