Iker Kasilyas: "Zidanni tanqid qilib bo'lmaydi"

Mirjalol Normatov
20 may 2021, 23:53
"Real"ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas sobiq jamoadoshi, ayni damda "qirollik klubi"ni boshqarayotgan Zinedin Zidan haqida gapirdi.

"Zidanni tanqid qilib bo'lmaydi. U ajoyib natijalarga erishdi va bu qisqa davr mobaynida bundan ortig'ini qilib bo'lmasdi.

"Real"ning chempion bo'lishini istayman albatta. Umid qilamanki, "Valyadolid" bu yo'lda jamoaga yordamlashadi. Keling, ushbu qiziqarli vaziyatni birga kuzatamiz", - dedi ispaniyalik.

"Real" so'nggi turda "Vilyarreal"ga qarshi bahs olib borsa, "Atletiko" safarda "Valyadolid"ga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca