Iker Kasilyas: "Pepe va Ruy Patrisiu oliy darajada o'ynashdi"

Tolibjon Qosimov
11 iyul 2016, 13:16
Ispaniya terma jamoasi va "Portu" darvozaboni Iker Kasilyas Yevropa chempionati finalidagi g'alaba bilan Portugaliya terma jamoasini tabrikladi.

"Yevropaning yangi chempionlarini tabriklayman. Finalda ikki futbolchining harakatlarini alohida ta'kidlab o'tmoqchiman: Pepe va Ruy Patrisiu oliy darajada o'ynashdi. Buyuk Ronaldu, buyuk Pepe va buyuk Danilu", - deb yozadi darvozabon o'zining "tvitter" sahifasida.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/CasillasWorld