Ikardi, Benzema va Temurxo'ja Abduxoliqov

Narzulla Saydullayev
4 noya 2016
Klublari safida yaxshi o'ynayotgan lekin terma jamoaga chaqiruv olmayotgan futbolchilar haqida ma'lumot beramiz.



Karim Benzema 4ta gol

"Real" hujumchisi nima sababdan terma jamoaga chaqirilmasligini ko'pchilik biladi. Valbuena bilan bog'liq mashmashalarga aralashib qolgan Karim uchun terma jamoa eshiklari yopilgan.



Mauro Ikardi 8ta gol

Ikardining vaziyati ham deyarli Benzemaniga o'xshash. U Maksi Lopesning xotini bo'lgan Vanda Narani yo'ldan urgani uchun Argentina terma jamoasida o'ynay olmayapti. 




Aleksandr Lakazett 9ta gol


Yaqinda jarohatidan qutulib safga qaytgan Aleksandr Lyakazett oxirgi ikkita o'yinda 3ta gol urdi. Balki Desham keyingi yig'inlarga hujumchini jalb qilar, hozircha unga extiyoj sezilmayapti.



Entoni Modest 11ta gol

Yana bir fransiyalik hujumchi. Fransiya yoshlar terma jamoasida o'ynagan lekin milliy terma jamoaga umuman jalb qilinmagan Modest bu mavsumda Germaniya chempionatida 9ta o'yinda 11ta gol urib Bundesligada to'purar bo'lib turibdi. Biroq Desham uni chaqirishni hayoliga ham keltirmayapti.


Temurxo'ja Abduxoliqov 21ta gol

2016 yilgi oliy liganing 28ta turidan so'ng raqiblar darvozasiga 21ta gol urgan Temurxo'ja Abduxoliqov O'zbekiston terma jamoasiga chaqirilmayapti.


Narzulla Saydullaev tayyorladi


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia