Iguainga APLning 2 jamoasi qiziqmoqda

Eldor Akmurzayev
24 may 2020, 20:40
“Yuventus” forvardi Gonsalo Iguain faoliyatini Angliya bilan bogg'lashi mumkin.

Unga “Nyukasl” va “Vulverxempton” tomonidan qiziqish bo'lmoqda. The Sundey Express manbasiga ko'ra, argentinalik futbolchi Italiya grandini tark etadi. 

Avvalroq, uning otasi o'g'lining “River Pleyt”ga o'tishi haqidagi mish-mishlarni rad etib, Yevropada bir muddat qolishini aytgandi.

Gonsalo joriy mavsum turinliklar safida 34 o'yinda qatnashdi va 8+8 natija ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: The Sundey Express