Iguain Argentina termasidagi faoliyatini yakunladi

Mirjalol Normatov
29 mar 2019, 00:31
"Chelsi" forvardi Gonsalo Iguain Argentina termasidagi faoliyatini yakunladi.

"Fox"  xabariga ko'ra, 31 yoshli futbolchi FIFA kunlarida oilasi bilan vaqtini o'tkazmoqchi.

Iguain Argentina termasida 2009 yildan buyon harakat qilmoqda. Shu vaqtdan buyon u 75 o'yinda 31 gol kiritdi. JCH-2014, Amerika Kubogining 2015 va 2016 yilgi musobaqalarida sovrindorga aylandi.

Uning transfer huquqi "Yuventus"ga tegishli.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia