Igor Sergeev: "Hakam g'ildiragimizga cho'p tiqdi"

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2016, 23:49
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi hujumchisi Igor Sergeev Janubiy Koreyaga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.

"Agar o'ziga ishonchi bo'lmasa penalti belgilamagan maqul. Hakam bugun kutilmagan penalti belgiladi. Qisqa qilib aytganda u g'ildiragimizga cho'p tiqdi. O'zimda ham qulay imkoniyat bo'ldi, afsuski gol ura olmadim.

Bugungi mag'lubiyat keyingi o'yinga ta’sir qilmaydimi? Albatta ta’sir qiladi. Barcha yigitlarning sportcha g'azabi qaynamoqda. Biz endi yanada kuchliroq tayyorgarlik ko'ramiz. Guruhdan chiqishga harakat qilamiz", - deydi Igor Sergeev.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia