Ibrohim Abdullaev Gonduras bilan o'yinga tayyor

Narzulla Saydullayev
26 okt 2013, 15:33
Xorvatiyaga qarshi o'yin avvalida o'tkazilgan rasmiy mashg'ulot kunida kichik jarohat olgan Ibrohim Abdullaevning oyog'ida shishish paydo bo'lganligi uchun guruhdagi so'nggi tur uchrashuvini o'tkazib yuborgan edi.
Jarohatiga qaramay o'yinga tushishni istagan futbolchiga murabbiyimiz ruxsat bermadi, uning sog'ayib ketishi 1/8 final uchrashuvi uchun muhim edi. Bugunga kelib markaziy himoyachimiz o'zini yaxshi his qilyapti va Gonduras bilan bo'lib o'tadigan o'yinga tayyor.

Jamshid Boltaboevning diskvalifikaciyasi tufayli, yana maydonga qaytadigan 9-raqam egasining jamoaga foydasi tegishi aniq.

Nodirxo'ja Yuldashev
Dubay

Narzulla SaydullayevMuallif