Ibragimovich yana jarohat oldi. U "Liverpul"ga qarshi o'ynamaydi

Mirjalol Normatov
14 sen 2021, 17:55
"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich YCHLning 1-turi doirasida "Liverpul"ga qarshi o'ynamaydi.

Milanliklar bosh murabbiyi Stefano Piolining so'zlariga ko'ra, 39 yoshli futbolchining eski jarohatlari yana pand bergan. Shvedning jarohati unchalik jiddiy emas. Shunchaki murabbiylar shtabi kelishgan holda uning sog'lig'iga ta’sir o'tkazmaslikni maqul topishgan.

Ibragimovich 4 oylik tanaffusdan keyin ilk marta maydonga tushib, gol ham urgandi.




O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal