Ibragimovich "Milan"ni tark etishga qaror qildi

21 mar 2020, 23:40
Xabaringiz bor, "Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovich Italiyada avj olgan pandemiya xavfi tufayli Shvetsiyaga yo'l olib, u yerda koronavirusga qarshi kurash uchun "Kick the Virus away!" kompaniyasiga start bergan edi.

"SportMediaset" nashri xabariga ko'ra, forvard Italiyaga qaytganidan keyin klubni tark etish qarorini rasman e'lon qiladi. Bunga sabab "rossonerilar" boshqaruv tizimida ro'y bergan o'zgarishlardir. Shvetsiyalik hujumchi Bobanning "Milan" boshqaruvidagi lavozimni tark etganidan norozi bo'lgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Milan" bosh direktori Ivan Gazidis bilan kelishmovchilik tufayli jamoaning ijrochi direktor Zvonomir Boban klubni tark etgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: SportMediaset