PSJ hujumchisi Zlatan Ibragimovich YCHL 1/8 finali doirasidagi Bayerga qarshi bahsda (0:4) dublga erishdi.
Shu tariqa, shvetsiyalik futbolchi bu mavsumdagi Yevropa chempionlar ligasidagi 9-va 10-gollarini urdi. Bunga qadar eng yaxshi to'purar bo'lib turgan Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu hisobida 9ta gol bor.