

Fransiya terma jamoasi 26 yoshli futbolchisining transfer summasi taxminan 52 million funtni tashkil etadi. Futbolchi bugun “Chelsi” uchun tibbiy tekshiruvdan o'tadi, shundan so'ng klub bilan 6 yillik shartnoma imzolaydi.
Lakrua o'tgan mavsum APLda 35 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
“Kristal Pelas” Lakruani 2024 yilda “Volfsburg”dan 18 million evroga xarid qilgan edi.



