- Bugungi g'alaba bilan muxlislarimizni tabriklayman, - deya so'z boshladi Hamidjon G'ulomovich. - Oxirgi omadsizliklardan keyin bu g'alaba jamoamiz uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Yigitlar yomon harakat qilishmadi. Aslida penaltiga qadar masalani o'z foydamizga hal qilishimiz ham mumkin edi. Afsuski, Vyacheslav Shevchenko, Samandar Shodmonov, Akmal Rustamovlar qulay vaziyatlarni havoga sovurishdi.
Afsuski, hujumchilarimizga zarur pallada sovuqqonlik va aniqlik yetishmayapti. Bu borada mashg'ulotlarda ko'proq ishlash lozimga o'xshaydi. Oldinda yanada jiddiy raqib kutib turibdi. “Lokomotiv”ga qarshi bo'ladigan o'yinda ijobiy natijaga erishish uchun puxta tayyorgarlik ko'ramiz. Maqsadimiz - mavsum oralig'idagi tanaffusga yuqori kayfiyatda chiqishdir. Bunga yigitlarimizning kuch va mahorati etadi, deb bilaman.
“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.