Hakamlarimiz Osiyo Kubogida ishtirok etishmoqda

Aslanov Jasurbek
20 mar 2023
Tailandning Pattaya shahrida o'tkazilayotgan sohil futboli bo'yicha Osiyo kubogi bahslarida mamlakatimiz terma jamoasidan tashqari, FIFA hakami Nayim Qosimov va FIFA/OFK instruktori Baxtiyor Namozov ham ishtirok etishmoqda.

Shu kunga qadar Nayim Qosimov Bahrayn - Afg'oniston (ikkinchi hakam), Yaponiya - Indoneziya (vaqt hakami), Saudiya Arabistoni - Bahrayn (zaxira hakami), Indoneziya - Livan bahsida (birinchi hakam) hakamlik qilishga ulgurdi.

Bundan tashqari, FIFA/OFK instruktori Baxtiyor Namozov Tayland - Saudiya Arabistoni, Livan - Xitoy, Falastin - Kuvayt, Malayziya - BAA, Afg'oniston - Tayland uchrashuvlarida hazoratchi sifatida ishlab ulgurdi, shuningdek bugun bo'lib o'tadigan Xitoy - Yaponiya hamda Kuvayt - Ummon bahslarida nazoratchi sifatida ishlaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/uzfhm