Hakamlarimiz Antaliyada o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishishdi

11 fev 2018, 14:34
Joriy yilning 10-20 fevral kunlari Turkiyaning Antaliya shahrida yurtimizdagi 13 nafar referi va 17 nafar referi assistentlari o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazishi haqida avval xabar berib o'tgandik.

Hakamlarimiz kecha o'quv mashg'ulotlarini boshlashdi. Xorij delegaciyasiga O'FF Hakamlar va nazoratchilar  boshqarmasi boshlig'i Mamur Saidqosimov rahbarlik qilyapti. Amaliy va nazriy mashg'ulotlarni FIFA yo'riqchisi Farhod Abdullaev, jismoniy tayyorgarlik bo'yicha yo'riqchi Radik Xubbiev hamda koordinator Bobur Haydarov olib boradi. 

Yig'in doirasida hakamlarimiz bir qator xorijiy mamlakatlar klublari ishtirokidagi o'rtoqlik uchrashuvlarini boshqarishlari bo'yicha kelishiuvga erishilgan. Jumladan, bugun o'zbekistonlik referilar quyidagi o'yinlarda hakamlik qilishadi:

“Dinamo” (Batumi) – “Rakov” (Polsha). 

Bosh hakam: J.Muxtorov Laynsmenlar: M.Majidov, R.Fozilov. Inspektor: V.Seytlin

“Qiziljar” (Qirg'iziston) – “Samgurali” (Gruziya)  

Bosh hakam: F.Norsafarov Laynsmenlar: A.Kalinin, A.Burov Inspektor: M.Saidqosimov

“Merani Martvil” – “Dinamo” (Serbiya) 

Bosh hakam: T.To'xtasinov Laynsmenlar: A.Marajapov, Z.Abdurahmonov

“Amkar” (Rossiya) – “Budoknost” (Mo'g'uliston) 

Bosh hakam: A.Nadjafaliev Laynsmenlar: S.Shoyusupov, D.Saylavov   Inspektor: B.Haydarov

“Ordabasi” (Qozog'iston) – “Oleksandriya” (Ukraina) 

Bosh hakam: A.Shukrullaev Laynsmen: T.Galeev, A.Sidorov Inspektor: F.Abdullaev

O'xshash yangiliklar


Manba: the-uff.com