Hakamlar har bir o'yin uchun qancha haq olishadi?

Narzulla Saydullayev
13 mar 2014, 19:00
Oliy liga jamoalari bu yilgi chempionatda bir yillik ishtirok uchun 90 million so'm, birinchi liga klublari esa 20 million so'm miqdorida badal puli to'lashadi.
Bu endi ma'lum. Xo'sh, hakamlar har bir boshqarilgan o'yin uchun qancha haq olishadi? Quyida summalarni keltirib o'tamiz.

OLIY LIGA
Bosh hakam   1 200 000 so'm
Qanot hakamlari (har biri)   600 000 so'm
Zaxira hakami   150 000 so'm
Nazoratchi   500 000
Komissar   500 000 so'm

YOSHLAR LIGASI
Bosh hakam   70 000 so'm
Qanot hakamlari (har biri)   30 000 so'm
Zaxira hakami   20 000 so'm
Nazoratchi   30 000 so'm

KUBOK
Bosh hakam   200 000 so'm
Qanot hakamlari (har biri)   100 000 so'm
Zaxira hakami   50 000 so'm
Nazoratchi   120 000 so'm

BIRINCHI LIGA
Bosh hakam   180 000 so'm
Qanot hakamlari (har biri)   90 000 so'm
Zaxira hakami   30 000 so'm
Nazoratchi   120 000
Komissar   200 000 so'm

FUTBOL MAKTABLARI
Bosh hakam   50 000 so'm
Qanot hakamlari (har biri)   25 000 so'm
Zaxira hakami   20 000 so'm
Nazoratchi   25 000

Izoh: Summalar PFL reglamentidan olindi. Oliy va birinchi liga bahslarini boshqargan hakamlarga pulni PFL to'lab beradi. O'zbekiston Kubogi (finaldan tashqari) va yoshlar ligasidagi o'yinlarni boshqaradigan hakamlar uchun mehnat haqini esa mezbon jamoa o'yin boshlanishiga bir soatga qolganda berishi kerak.  

Xayrulla Xoliqov.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia