Gyundoganning fikricha, "Liverpul" - "Bavariya" to'qnashuvida inglizlar yetakchi

Aslanov Jasurbek
15 fev 2019, 14:52
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan "Liverpul" hamda "Bavariya" o'rtasida o'tkaziladigan Chempionlar ligasining 1/8 final o'yini haqida fikr bildirdi.

"Liverpulda o'ynash qanchalik qiyinligini bilaman, shu sababli imkoniyatlar "Liverpul"nikidan ko'p deb hisoblayman. Ular o'z maydonida shunaqangi bosim o'tkazishadi, bunaqasini boshqa joyda ko'rmaysiz. U yerda 15 daqiqa ichida 3ta gol o'tkazib yuborish mumkin.

Agar "Bavariya" Liverpulda munosib o'yin ko'rsata olsa, o'z maydonida har qanday raqibni mag'lub etishi mumkin" - deydi Gyundogan.

"Liverpul" hamda "Bavariya" o'rtasidagi Chempionlar ligasi 1/8 final ilk o'yini 19 fevral kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Bild