Gvardiola Riberi va boshqalarning jarohatida "Bavariya" shifokorini aybladi

Aslanov Jasurbek
17 dek 2015, 11:41
"Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola va klub tibbiy shtabi o'rtasida munosabatlar yana keskinlashdi.

Ispaniyalik mutaxassisning fikricha, joriy mavsumda jamoa futbolchilarining jarohati etarli darajada tajribaga ega bo'lmagan shifokorlar ishi tufaylidir. U Frank Riberi va boshqa futbolchilarning jarohatida jamoa shifokori Folker Braunni aybladi.

Riberi yana jarohat oldi va yil oxirigacha jamoaga yordam bera olmaydi.

Oldinroq "Bavariya"da uzoq vaqt ishlagan shifokor Xans-Vilgelm Myuller-Volfart Gvardiola bilan kelishmovchilik tufayli nemis grandini tark etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker