Gvardiola "Manchester Siti"ga "Atletik" yetakchisini olib kelmoqchi

Mirjalol Normatov
20 mar 2025, 22:11
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola yozda jamoa hujum chizig'i kuchayishini istamoqda.

"Todofichajes" ma'lumotiga ko'ra, ispaniyalik mutaxassisning nazariga "Atletik" yetakchisi Niko Uilyams tushib qolgan. "Shaharliklar" yozgi transferlar oynasi vaqtida futbolchining 60 mln evrolik tovon pulini to'lashga tayyor turibdi.

Ushbu mavsumda Uilyams LaLiganing 24 o'yinida qatnashdi va 4 gol hamda 5 assist qayd etdi. Uning klubi bilan kelishuvi 2027 yil yoziga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Todofichajes