Gvardiola "Manchester Siti" yanvarda hujumchi sotib olmasligini aytdi

Alisher
24 dek 2021, 11:25
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola klub qishki transfer oynasida yangi forvardni xarid qilishni rejalashtirmayotganini aytdi.

Oldinroq tarqalgan xabarlarga ko'ra, "Fiorentina" forvardi Dushan Vlaxovich yanvarda "shaharliklar" o'yinchisiga aylanishi mumkin.

"Biz yanvarda hujumchi bilan shartnoma imzolamaymiz. Bizning rejamiz shunday", - deydi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" hujumchisi Ferran Torres "Barselona"ga o'tishga yaqin turibdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: mancity.com