Gvardiola: "Liverpul" haqida o'ylayapman, "Manchester Yunayted" borasida keyinroq"

Mirjalol Normatov
1 apr 2018, 17:45
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiolaning e'tibori YCHLga qaratilgan.

"Biz sovringa juda yaqinmiz. Birgina o'yinda g'olib bo'lsak bo'lgani. Agarda buni eplay olmasak, yana imkoniyatlarimiz bor. Ayni damda "Manchester Yunayted" bilan derbi uchrashuvi haqida emas, "Liverpul"ga qarshi YCHL doirasidagi uchrashuvga bor e'tiborimni qaratganman.

"Everton"ga qarshi uchrashuvga men jangovor tarkibni tanladim, chunki biz bir jamoa bo'lib uch haftadan buyon o'yinlar o'tkazmadik, shuning uchun ham o'yin ritmiga tushib olish kerak edi. Asosiy tarkibning bir yo'la 7-8 nafar futbolchisini maydonga tushirmaslik noto'g'ri ish bo'lardi", - dedi Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com