Gvardiola kechagi mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?

Khoja
23 noya 2025, 09:26
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola "Nyukasl"ga mag'lub bo'linganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz borimizni berdik. Oldinga qadam tashlamoqchi edik, lekin xalqaro tanaffusdan keyin bu natijaga erishish oson emas. Oldinda uzoq yo'l bor. O'yin keskin o'tdi va ikkala jamoada ham imkoniyatlar bo'ldi. Donnarumma shunchaki ajoyib harakat qildi, u bizni bir necha bor qutqarib qoldi. Ikkinchi bo'limda juda ko'p imkoniyatdan foydalana olmadik va keyin raqib tomonidan jazolandik", - dedi Gvardiola.

APLning 12-turidan so'ng "Manchester Siti" 22 ochko jamg'arib, turnir jadvalida 3-o'rinni egallab turibdi. "Nyukasl Yunayted" 15 ochko bilan 14-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: sports.ru