Gvardiola Bartomeuning hibsga olinishi haqida gapirdi

Alisher
3 mar 2021
"Manchester Siti"ning ispaniyalik bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Barselona" sobiq prezidenti Xosep Bartomeuning hibsga olingani haqida gapirdi.

"Bu juda yoqimsiz vaziyat, ammo ijobiy yakunga umid qilaman. Sud isbotlamagunicha, Bartomeu aybsiz.

Klubda barcha hozir yangi prezidentlik saylovi haqida o'ylamoqda. "Barselona" oson bo'lmagan vaqtni o'tkazmoqda, yangi rahbariyat bir necha yillar klubni boshqarish uchun jasoratli bo'lishi kerak", - deydi murabbiy.

Eslatib o'tamiz, Bartomeu "ko'k-anorranglilar" prezidentligidan o'tgan yozda ketgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Goal