Gvardiola APLning yanvar oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi

Alisher
12 fev 2021, 17:23
"Manchester Siti"ning ispaniyalik bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer-ligasining yanvar oyidagi eng yaxshi murabbiyi bo'ldi.

Ushbu mukofotni "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiola qo'lga kiritdi. Uning jamoasi yilning dastlabki oyida 6ta o'yin o'tkazib, 6ta g'alabaga erishdi. To'plar nisbati - 16:1( !).

Eslatib o'tamiz, da'vogarlar qatorida shuningdek Mikel Arteta ("Arsenal" - 5 o'yin, 3 g'alaba, 2 durang), Devid Moyes ("Vest Xem" - 5 o'yin, 4 g'alaba, 1 mag'lubiyat) va Grexem Potter ("Brayton", 5 o'yin, 2 g'alaba, 2 durang, 1 mag'lubiyat) bor edi.

→ Gyundogan APLning yanvar oyidagi eng yaxshi o'yinchisi deb topildi

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: premierleague.com