Gvardiola: "Agueroni birinchi marta bunday formada ko'ryapman"

Aslanov Jasurbek
19 avg 2018, 22:29
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning 2-tur uchrashuvida "Xaddersfild" ustidan qozonilgan yirik g'alaba (6:1) haqida fikr bildirdi.

"Manchester Siti"da ishlay boshlaganimdan beri Agueroni birinchi marta bunday formada ko'ryapman. U to'pbilan va to'psiz fantastik o'yin ko'rsatmoqda.

"Manchester Siti" avvalgi mavsumdan yaxshiroq start oldi. 90 daqiqa davomida ajoyib o'yin ko'rsatdik.

O'tgan mavsum "Xaddersfild" 5 nafar himoyachidan foydalangan, shu sababli biz ikki hujumchi bilan o'ynashga qaror qildik" - deydi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, Aguero "Xaddersfild"ga qarshi bahsda o'zining Premer-ligadagi to'qqizinchi xet-trikini nishonladi va bu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'ringa chiqib oldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC