Gvardiola 32-sovrinini qo'lga kiritdi

Оқил Абдубарноев
22 may 2022, 23:47
Pep Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi 32-sovrinni qo'lga kiritdi.

Uning qo'l ostida “Manchester Siti” Angliya chempioniga aylandi.

Ispaniyalik mutaxassis bungacha “Barselona”da 14 ta sovrin yutgan bo'lsa, “Bavariya” bosh murabbiyligida yana 7 ta sovrinni qo'lga kiritgan.

Gvardiola ingliz klubi bilan 11-titulni qo'lga kiritdi.

Kataloniyalik mutaxassis 2017/18, 2018/19 va 2020/21 yilgi mavsumlarda ham "Citi" bilan chempion bo'lgandi.

Pep, shuningdek, “Manchester Siti” bilan to'rtta Angliya liga kubogi, ikki marta Angliya Superkubogi va bir marta Angliya kubogini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sports.ru