Gus Xiddink tizzasidagi operaciyani muvaffaqiyatli o'tkazdi

Tolibjon Qosimov
22 yanv 2014, 16:19
Rossiya terma jamoasi hamda “Anji” klubining sobiq bosh murabbiyi Gus Xiddink Janubiy Koreyada o'ng tizzasida amalga oshirilgan operaciyani muvaffaqiyatli o'tkazdi.

So'nggi paytlarda 67 yoshli mutaxassis tizzasidagi og'riq tufayli yurishga ancha qiynalib qolgan edi. Xiddink bundan avval ham 2001 yili Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasida ishlaganda xuddi shunday operaciyani o'tkazgandi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net