G'ulom O'runov o'z baxtini Malayziyadan qidirmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
26 dek 2016, 13:20
Tajribali yarim himoyachi G'ulom O'runov legionerga aylanishi mumkin.
Yakunlangan mavsumni "Andijon" safida boshlagan G'ulom O'runov birinchi davrada 11ta o'yinda maydonga tushdi. Davralar oralig'ida futbolchi jamoani tark etgandi. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, O'runov faoliyatini Malayziyada davom ettirishi mumkin. Hozircha uning qaysi klub safiga qo'shilishi ma'lum emas.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia