G'ulom Haydar G'ulomov: “Keyingi mavsumni qaysi jamoada boshlashim noma'lum”

Narzulla Saydullayev
23 noya 2015, 16:45
“Sho'rtan” klubi yarim himoyachisi G'ulom Haydar G'ulomov yakunlangan mavsum haqida o'z fikrlarini bildirdi.

- “Sho'rtan” o'tgan yil birinchi ligada qatnashib oliy ligaga chiqqandi. 11-o'rin debyutant uchun yaxshi natijami?
- Balki debyutant uchun natija yomon emasdir lekin shaxsan men natijadan qoniqmadim. Jamoaning shart-sharoit va imkonyatlari, iqtidorli hamda tajribali o'yinchilardan kelib chiqqan xolda kamida 7-8-o'rinni egallashga kuchimiz etar edi. Mavsum boshlanishidan oldin shunday deb o'ylagandim.

- Mavsumda eng yodda qolgan o'yin?
- Barcha o'yinlar esda qolarli bo'ldi, biroq G'uzorda “Nasaf”ga qarshi kechgan o'yin uzoq vaqt yodimdan chiqmasa kerak. Sababi o'shanda hisobda oldinda borib turib so'nggi daqiqalarda xatto durangni ham qo'ldan chiqqargandik.

- Keyingi rejalar qanday?
- “Sho'rtan” bilan amaldagi shartnomam o'z nihoyasiga etdi. Rejalar haqida hali o'ylab ko'rganim yo'q. Keyingi yilni qaysi jamoada boshlashim noma'lum.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia