Grizmann "Barselona"ning taklifini ko'rib chiqmoqda

Mirjalol Normatov
17 mar 2019
"Atletiko" forvardi Antuan Grizmann "Barselona"ning taklifini rad etmaydi, deb xabar beradi L`Equipe.

Manbaga ko'ra, 27 yoshli futbolchi jamoasi YCHLdan chiqib ketganidan keyin "matraschilar"dan kyetishni o'ylamoqda. U ko'plab sovrinlarga ega chiqadigan, ambiciyalari yanada yuqori jamoaga o'tishni istamoqda.

Bu mavsumda Grizmann jamoasi tarkibida 39 o'yinda qatnashdi va 18 gol urib, 8 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com