Grizmann: "Ayni damda PSJ rejalarimga kirmaydi"

Aslanov Jasurbek
11 okt 2016, 13:14
"Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmanning so'zlariga ko'ra, u klubini o'zgartirmoqchi emas.

"Kelajakda voqealar qanday rivoj olishini bilmaysan. Ammo ayni damda PSJ rejalarimga kirmaydi. Bir kun kelib bu klub safida o'ynashim mumkin, ammo hozir "Atletiko" futbolchisiman. Bor e'tiborimni shu klubning maqsadlariga qaratganman va bu yerda o'zimni yaxshi his qilyapman. "Atletiko" uchun ahamiyatli biror ish qilmoqchiman" - deydi Grizmann.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: France 3