Rasman: Grigoriy Kolosovskiy - "Lokomotiv" bosh murabbiyi

Mirjalol Normatov
6 noya 2024, 19:45
Yaqindagina "Metallurg"dan iste'foga chiqarilgan Grigoriy Kolosovskiy "Lokomotiv" bosh murabbiyi etib tayinlandi.

"Loko" bugun Grigoriy Anatolevichni bosh murabbiy sifatida O'zPFL ro'yxatidan o'tkazdi. Murabbiylar shtabida Denis Toymensov yordamchi murabbiy sifatida faoliyat olib boradi.

Mavsumning qolgan uchta o'yinida Grigoriy Kolosovskiy jamoani boshqaradi. Ma'lumot uchun, ushbu mutaxassis 2019 yilning ikkinchi yarmida ham "Lokomotiv"da faoliyat yuritgan.

Grigoriy Kolosovskiy "temiryo'lchilar" bilan 2024 yil oxirigacha shartnoma imzoladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати