Grant: "Smolov Yevropaning har qanday top-ligasida o'ynay oladi"

Aslanov Jasurbek
7 sen 2016
Gana terma jamoasi bosh murabbiyi Avraam Grant Rossiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi (0:1) haqida fikr bildirdi.

"Bu bahsda hozirgi va Evro-2016ga chiqqan Rossiya terma jamoasi o'rtasidagi farqni ko'rdim. Bu farq energiyaga bog'liq. Sizning futbolchilaringiz siz o'ylaganchalik yomon emas. Evro-2008da yaxshi o'ynagan va "Chelsi"da bo'lgan Jirkovga boqing, u hozir ham foydali.

Bizga kecha gol urgan Smolovni yaxshi bilamanyu. Uni "Feyenoord"dan beri kuzataman. U Rossiya chempionatining o'tgan mavsumda 20 ta gol urganini bilaman. U Yevropaning har qanday top-ligasida o'ynay oladi" - deydi Grant.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Спорт-экспресс