Gomez "Milan"da Chalxanogluning o'rnini egallashi mumkin

Alisher
1 iyun 2021
"Milan" bosslari "Sevilya" yarim himoyachisi Alexandro Gomesning xizmatlariga qiziqish bildirishmoqda.

33 yoshli futbolchi yozda klubdan kyetishga yaqin bo'lgan Xakan Chalxanogluga o'rinbosar sifatida ko'rilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Gomes Andalusiya klubiga qadar "Atalanta" sharafini himoya qilgandi. O'yinchi bosh murabbiy Jan Pero Gasperini bilan kelishmovchilik sabab bergamoliklar safini tark etgan edi.

Alexandro o'tgan mavsum "Sevilya" libosida Ispaniya chempionati doirasidagi 18ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Mundo Deportivo