

Ro'yxatdan quyidagi mashhur futbolchilar o'rin olishgan: Kingsli Koman (Bavariya), Usmon Dembele (Borussiya D), Alen Xalilovich (Gamburg), Renatu Sanshesh (Bavariya), Leroy Sane (Manchester Siti), Marko Asensio (Real), Delle Alli (Tottenxem), Kelechi Ixeanacho (Manchester Siti), Markus Reshford (Manchester Yunayted), Aleksandr Golovin (SSKA), Janluiji Donnarumma (Milan), Viktor Kovalenko (Shaxter), Aleks Ivobi (Arsenal), Ruben Neves (Portu), Mussa Dembele (Seltik).
Da'vogarlarning to'liq ro'yxati bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishish mumkin. G'olib nomi dekabr oyida e'lon qilinadi. O'tgan mavsum ushbu sovrin MYU hujumchisi Antoni Marsyalga topshirilgan edi.



