"Globe Soccer Awards" talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi murabbiyi bo'lishga nomzodlar e'lon qilindi FOTO

Tolibjon Qosimov
1 dek 2017, 10:47
"Globe Soccer Awards" talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi murabbiyi nomiga da'vogar bo'lgan 4 nafar mutaxassis nomi e'lon qilindi.

Unga ko'ra, quyidagi murabbiylar nomzodlar safidan joy olishdi:

Zinedin Zidan ("Real", Fransiya)
Massimiliano Allegri ("Yuventus", Italiya)
Antonio Konte ("Chelsi", Italiya)
Joze Mourinyo ("Manchester Yunayted", Portugaliya)


Taqdirlash marosimi 27 va 28 dekabr kunlari Dubayda bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, "Globe Soccer Awards" talqiniga ko'ra 2016 yilning eng yaxshi murabbiyi deb Portugaliya terma jamoasi ustozi Fernandu Santush tan olingan edi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: globesoccer.com