Giggz: "Sulsher Klopp va Gvardiola davrida ishlayotgani omadsizligidir"

Alisher
5 okt 2019, 16:53
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Rayan Giggz klub xo'jayinlari Sulsherga kuchli jamoa tuzishi uchun ko'proq vaqt berish kerak deb hisoblaydi.

"MYUda ishlash qiyin. Klubda oxirgi 4-5 yilda Aleks Fergyuson, Devid Moyes, Lui van Gal va Joze Mourinyolar ishladi. Sulsher hozir jamoani oldingi holatga qaytarish uchun harakat qilmoqda. 

Jamoada Jeyms, Van-Bissaka va Maguayrlar kabi yosh va ishtiyoqli futbolchilar bor. Ulening omadsizligi Klopp va Gvardiola davrida ishlayotganidadir. Yurgen Klopp "Liverpul"ni to'rtinchi mavsum boshqarmoqda.

Pep ham shuncha paytda jamoani qurdi. Pochettino "shporlar" bosh murabbiyi sifatida oltinchi mavsumini o'tkazmoqda. Sulsherga ham vaqt berish kerak deb o'ylayman", - deydi Giggz.

MYU APLda 7 turdan so'ng 10-o'rinda bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal