Germaniyaliklar JCH-2022ni 2023-yilda o'tkazishni taklif qilmoqdalar"

Aziz Tukhtamuradov
18 apr 2014, 20:07
Germaniya futbol uyushmasi prezidenti Volfgang Nirsbax Qatarda bo'lib o'tishi rejalashtirilayotgan JCH-2022 bahslarini 2023-yilda o'tkazish taklifi bilan chiqdi.
"Agar mundialni 2022-yilning qishida o'tkazadigan bo'lsak, musobaqa Qishgi Olimpiada baxslari bilan deyarli bir vaqtga to'g'ri kelib qoladi.

O'ylaymanki, bu ko'rib chiqishga arzigulik masala. Bu nafaqat muxlislarga noqulaylik, balki, translyatsiya qiladigan kompaniyalarga xam muammolar tug'dirishi mumkin", - deya Nirsbaxning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda focus.de sayti.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net