Gamper Kubogi. "Barselona" bugun "Elche"ga qarshi o'ynaydi

Alisher
19 sen 2020, 17:01
"Barselona" Gamper Kubogi doirasida "Elche" bilan o'ynaydi.

Joan Gamper Kubogi - har yili Kataloniya klubi tashkil etadigan o'rtoqlik turniridir. Musobaqa bu yil 55-marotaba tashkil etilgan. "Ko'k-anorranglilar" undan 42tasida g'olib bo'lishgan.

O'yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi.

"Barselona"ning qaydnomasi: Neto, Inyaki Penya, Arnau Tenas, Nelson Semedu, Jerar Pike, Ronald Arauxo, Serxio Buskets, Karles Alenya, Antuan Grizmann, Miralem Pyanich, Lionel Messi, Usmon Dembele, Filippe Koutino, Kleman Langle, Francisko Trinkao, Xordi Alba, Martin Breytueyt, Serxi Roberto, Frenki de Yong, Xunior Firpo, Pedri, Konrad, Ansu Fati.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona